Qidirish uchun yozing

Voqea

Endi test sinovlarida qatnashish ham pullik bo‘ladi

  Ulashish

Endi oldingi o‘quv yillarida maktab yoki kollej/litseyni tugatgan abiturientlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun eng kam ish haqining bir barobariga teng miqdorida yig‘im undiriladi. Bu haqda telegrammdagi “Zed News” kanali xabar berayapti. Joriy yil bitiruvchilari uchun test sinovlari bepul asosda o‘tkaziladi.
Shuningdek, abiturientlar test sinovlari va tanlovda ishtirok etish uchun Davlat xizmatlari markazlari orqali bosqichma-bosqich ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Test o‘tkazilgan kunning ertasiga abiturientning fanlar bo‘yicha test sinovidan umumiy to‘plagan ballari Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Abiturientning sinov natijasi bo‘yicha olgan bali tavsiya etishga yetarli bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi (ta’lim yo‘nalishi)da o‘qish imkoniyati yaratiladi.
O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi test topshiriqlari faqat lotin alifbosida tayyorlanadi.
Eslatib o‘tamiz hozirda respublikamizda eng kam ish haqining bir baravari 202 730 so‘mni tashkil etadi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.