Qidirish uchun yozing

Sport

YeChL. Haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  Ulashish

UEFA rasmiy sayti joriy hafta Chempionlar ligasi o‘yinida maydonga tushgan eng yaxshi futbolchini e’lon qildi.
Nomzodlar orasida «Roma» yarim himoyachisi Nikolo Dzanolo, PSJ xavbeki Marko Verratti, «Tottenxem» himoyachisi Yan Vertongen va «Real» posboni Tibo Kurtua bor edi. «Shporlar» futbolchisi Vertongen eng ko‘p ovoz to‘plab, sovrinni qo‘lga kiritdi.
Dortmundning «Borussiya»siga qarshi bahsda Yan Vertongen 1ta gol urib, bitta golli pasga mualliflik qildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.