Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Viloyat hokimi ochiq muloqotda tinglangan 70 dan ortiq murojaat ijrosini shaxsan nazorat qilishini aytdi

  Ulashish

Aholi bilan muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etish va xalq dardini eshitish maqsadida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev hamda barcha sektor rahbarlari ishtirokida viloyat xalq qabulxonasida ochiq muloqot tashkil etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov ma’lum qildi.
“Rahbarlarni xalq dardi bilan yashash, quvonch va tashvishlariga sherik bo‘lishga da’vat qilayotgan Prezidentimizdan juda minnatdorman, – deydi fuqaro Gulnora Norqulova. – Ochiq muloqotda uy-joy masalasidagi muammoyimni aytgandim shu yerning o‘zida hal etildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, muloqotda 70 nafardan ortiq fuqarolar o‘zini qiynayotgan masala yuzasidan shaxsan hokimga yuzlangan. Hokim esa ochiq muloqotda tinglangan shikoyat va arizalarni joyida hal etish yuzasidan mas’ullarga topshiriq bergan. “Hokimimiz muammolar qisqa muddatda hal etilishini shaxsan o‘zi nazorat qilishini alohida ta’kidlab o‘tdi, — deydi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
“Bu xalq manfaati uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardir,- deydi Bekzod Mamatqulov. — Ammo asossiz shikoyatlaru murojaatlar ham ko‘payayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, murojaat va shikoyat qilishga har bir fuqaroning qonuniy huquqi bor. Hech kim buni cheklay olmaydi. Lekin me’yorlarni ham unutmaslik kerak.
Bekzod Mamatqulovga ko‘ra, bunday qabullar viloyatning boshqa tumanlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.