Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qarshilik fuqaroga tegishli “Damas”da yong‘in sodir bo‘ldi

  Ulashish

13 fevral kuni Qarshi shahridagi Alisher Navoiy ko‘chasida Kat mahallasida yashovchi H.X.ga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli mashinada yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda “Qashqadaryo” gazetasining rasmiy saytida xabar berilayapti.
Viloyat IIB YoXBdan olingan ma’lumotga ko‘ra, yong‘inga mashina motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
Mashinaning bir qismi yongan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Olov yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o‘chirilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.