Qidirish uchun yozing

Sport

“Real Madrid” dunyoning eng yaxshi klubi deya e’tirof etildi

  Ulashish

France Football nashri ko‘plab omillarni hisobga olgan holda tuzgan reyting natijasiga ko‘ra, Madridning “Real” klubi dunyodagi eng yaxshi futbol jamoasi sifatida e’tirof etildi.

Fransuz jurnali reytingni tuzishda tarkibdagi futbolchilar ko‘rsatkichlari, teleauditoriyasi, ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligi, klub uchrashuvlariga tashrifchilar soni, daromadlari, xarajatlari, umumiy bahosi, tarixda erishgan yutuqlarini hisobga olgan.

France football jurnali talqini bo‘yicha dunyoning eng yaxshi Top-10 jamoalari:

“Real Madrid” (Madrid, Ispaniya) — 184 ochko
“Barselona” (Ispaniya) — 177
“Manchester Yunayted” (Angliya) — 151
“Bavariya” (Myunxen, Germaniya) — 135
“Liverpul” (Angliya) — 120
“Yuventus” (Turin, Italiya) — 107
PSJ (Parij, Fransiya) — 94
“Chelsi” (London, Angliya) — 91
“Manchester Siti” (Angliya) — 89
“Arsenal” (London, Angliya) — 88

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.