Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qashqadaryodagi pasportlashtirish jarayonida noqonuniy faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar fosh etildi

  Ulashish

Qashqadaryoda viloyat Moliya boshqarmasi, Markaziy bank bosh boshqarmasi, yer-mulk kadastr davlat korxonasi va viloyat davlat soliq boshqarmasi hamkorligida prezidentning 2018 yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan pasportlashtirish tadbiri boshlandi. Bu haqda “Ziyonews”ga Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i Firdavsiy Jabborov ma’lum qilmoqda.

Tadbirning ilk kunida Qarshi shahridagi “Shifo nur ko‘z” shifoxonasi Qarshi filiali g‘aznasida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘langan 14 million so‘mdan ortiq naqd pul mablag‘lari nazorat kassa mashinasiga kirim qilinmagani aniqlangan. Shuningdek, “Tezkor taraqqiyot plyus” mas’uliyati cheklangan jamiyati yonidagi xonada kompyuter o‘yinlari tashkil etgan tadbirkorning hech qanday hujjatlari mavjud emasligi ma’lum bo‘lgan.

“Ikki oydan beri umumiy ovqatlanish shahobchasini tashkil etib, faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Yoqub Tuyg‘unovning ham hech qanday hujjatlari yo‘qligi, bu yerda 3 nafar xodim faoliyat ko‘satayotgani aniqlandi,- deydi Firdavsiy Jabborov.

“Reyd”da shuningdek, “Jonibek, Jalolbek, Asilbek Yoqubov” oilaviy korxonasi ish boshlaniga bir hafta bo‘lib, amalda bu yerda 3 nafar xodim rasman ishlayapti deb ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, faoliyati qonuniylashtirilmagan 17 nafar tikuvchi faoliyat yuritayotganligi aniqlangan.

Qarshi shahri Kamandi ko‘chasida joylashgan savdo do‘koni va avtomabillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasida esa hech qanday hujjat mavjud emasligi, boz ustiga savdo do‘konida alkogol mahsulotlar ham sotilayotgani ma’lum bo‘lgan.

Yuqorida aniqlangan holatlar bo‘yicha fuqarolarga to‘g‘ri tushuntirish berilib, amaldagi qonunchilik asosida faoliyatini qonuniylashtirish kerakligi uqtirilgan. Firdavsiy Jabborovning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.