Qidirish uchun yozing

Voqea

Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmatining “Qashqadaryo ziyokori”ga ma’lum qilishicha, 14 fevral kuni viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda siyosiy fanlar nomzodi Behzod Jo‘rayev viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i sifatida tanishtirilgan.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, xalq ta’limi Vazirining 2019 yil 12 fevraldagi buyrug‘i bilan viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan Behzod Jo‘rayev shu paytgacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Boshqarmaning sobiq boshlig‘i Laziz Xolov qanday sababga ko‘ra ishdan olingani xususida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo viloyat hokimligidan ma’lum qilinishicha, sobiq boshqarma boshlig‘i ayni paytda viloyat hokimligida kotibiyat mudiri sifatida ishini davom ettirmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 2018 yil internet saytlarida Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari faoliyatiga doir ko‘plab maqolalar chop etilgan bo‘lib, unda umumta’lim maktablaridagi isitish tizimi, sifatsiz ko‘mir va o‘quvchi yoshlarning o‘z joniga qasd qilish holatlari tilga olingandi.

1 ta muhokama

  1. Feruz 14.02.2019

    Moladest. Viloyat hayotini halqchil yoritadigan vebsayt yaratibsiz. Ishizga omad.

    Ответить

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.