Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Oliy Majlis deputati: Fuqarolar yig‘ini raislarini tayinlash amaliyotiga yo‘l qo‘ygan chekka hudud mutasaddilariga chora ko‘rish kerak

  Ulashish

14 fevral kuni Qashqadaryo viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan Qonuni mazmun mohiyati xususida so‘z bordi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan Oliy Majlis deputati Tursunpo‘lat Norboyev yangi qabul qilingan qonun eski qonundan tubdan farq qilishi haqida gapirib o‘tar ekan, o‘zgarishlarga ko‘ra endilikda fuqarolar yig‘ini raislari 3 yil muddatga saylanishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
“Rais vakolatining ikki yarim yildan uch yilga uzaytirilishi bu raisning o‘z imkoniyatlarini to‘laqonli ko‘rsatib berishiga imkon yaratadi, — deydi Oliy Majlis deputati. – Qolaversa asosiy o‘zgarishlardan yana biri bu — rais va maslahatchilarni endi bir vaqtda saylamasligimizdir. Avval rais saylab olinadi, keyin esa raisga o‘z jamoasini shakllantirishga imkon beriladi.
Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Dolli Allaev hamda senator Islomiddin Abrorov jurnalistlar yangi qonun mazmun-mohiyatini to‘la anglab yetgandagina saylov jarayonlarini haqqoniy yorita olishi haqida gapirib o‘tdi.

Deputat Tursunpo’lat Norboyev va viloyat hokimi o’rinbosari Dolli Allayev
Foto: Ziyonews

Deputat Tursunpo‘lat Norboyev jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, chekka-chekka hududlarda haligacha fuqarolar yig‘ini raislarini tayinlab qo‘yish amaliyoti davom etayotganini bunda esa jamoatchilik xususan ommaviy axborot vositlarining faoliyati qoniqarsiz darajada ekanligini ta’kidladi.

Foto: Ziyonews

“Qashqadaryo ziyokori” muxbiri yig‘ilishda ishtirok etgan mutasaddilarga Dehqonobod tumanida aynan shunday holat kuzatilganini, mazkur holat “Qashqadaryo ziyokori ” tahririyati tomonidan batafsil o‘rganilib, yoritilganiga ham bir haftadan ortiq vaqt o‘tsa-da mas’ullar haligacha sukut saqlashayotganining sababi xususida so‘radi. Savolga javoban Oliy Majlis deputati Tursunpo‘lat Norboyev ushbu holatga yo‘l qo‘ygan mutasaddilarga nisbatan chora ko‘rish lozimligi va “Qashqadaryo ziyokori ” tahririyatida ko‘tarilgan masalaga tez orada javob qaytarish kerakligini aytdi.

Foto: Ziyonews


Yig‘ilishda shuningdek, kelajakda fuqarolar yig‘ini raislarining zimmasiga yuklatilayotgan ortiqcha vazifalardan ularni ozod qilish, raislarning oylik maoshini uch baravarga oshirish, bir yilda bir marotaba dam olish oromgohlarida dam olishi imkoniyatini yaratish, ularning ham kasb bayramlarini belgilash kerakligi xususidagi takliflar ilgari surilayotganligi aytib o‘tildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.