Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Nishonda o‘g‘irlangan qo‘y va echkilar Qarshi shahridan topildi

  Ulashish

2018 yil 20 dekabr kuni noma’lum shaxslar Nishon tumanining Samarqand mahallasida yashovchi B.A.ning uyi oldidagi qo‘yxonasidan 5 bosh qo‘y va 6 bosh echkilarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabarga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qarshi shahri Tutak ko‘chasida yashovchi A.Z. va Qarshi shahri Ming o‘rik ko‘chasida yashovchi Sh.B.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.
Tergov davom etmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.