Qidirish uchun yozing

Voqea

Chiroqchida tug‘ilgan 555 nafar chaqaloq guvohnomasini muddati o‘tgach olganligi ma’lum bo‘ldi

  Ulashish

Chiroqchi tuman FHDYo bo‘limi mudiri Ozoda Jumayevaning “Qashqadaryo ziyokori”ga ma’lum qilishicha, tumanda endigina dunyoga kelgan 555 nafar chaqaloqqa tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma tug‘uruqxonadan chiqish vaqti emas, yoshga to‘lgandan so‘ng, ba’zan uch yoshga to‘lgachgina olingan. “Zaks” mudirining so‘ziga ko‘ra, bunga ota yoki onaning fuqarolik pasporti yo‘qligi yoki bo‘lmasa otasi xorijga chiqib ketgani sabab bo‘lgan.

“Dunyoga kelgan chaqaloqning O‘zbekiston fuqarosi ekanini tasdiqlovchi tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani berishda birgina FXDYo bo‘limi emas, balki boshqa bir qator tashkilotlar ham o‘zlarida mas’uliyatni chuqur his qilishi lozim, — deydi Chiroqchi tuman FHDYo bo‘limi mudiri Ozoda Jumayeva. — Aytmoqchimanki, mahalla fuqarolar yig‘inlari oqsoqollari, ota-onalarning o‘zlari ham dunyoga kelgan chaqalog‘ining yoshi 2-3 ga to‘lguncha guvohnoma olinmaganligida o‘zlarini ham aybdor sanasalar yaxshi bo‘lardi.

Ozoda Jumayevaning ma’lumot berishicha, 2018 yilda Chiroqchi tumanida dunyoga kelgan 9250 nafar chaqaloqning 900 nafari yolg‘iz onadan tug‘ilgan. Bu 900 nafar go‘dak qonuniy nikoh qayd etilmagan holda tug‘ilganini anglatadi.

Tuman FHDYo bo‘limi mudirining so‘ziga ko‘ra, 900 nafar yolg‘iz onadan tug‘ilgan chaqaloq sha’riy nikohdan o‘tgan oilada dunyoga kelgan bo‘lib, go‘dakning otasi yoki onasining pastorti yo‘qligi sabab nikoh qayd etilmasdan qolgan. Ammo mutasaddilar harakati bilan
900 nafar yolg‘iz onaning 712 nafari bilan qonuniy nikoh qayd etilishiga erishilgan.

Tuman FHDYo bo‘limi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda ajralishlar soni 2017 yilda 155 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilda bu ko‘rsatkich 95 tani ko‘rsatgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.