Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Tinimsiz yoqqan yomg‘ir sabab Qarshi shahrining markaziy ko‘chalarini ham suv bosdi

  Ulashish

Kecha tuni bilan yoqqan yomg‘ir sabab, Qarshi shahrining markaziy ko‘chalarida ham “dengizcha”lar paydo bo‘ldi.

Foto: Ziyonews


Shahar markazining asosiy ko‘chalardan biri Islom Karimov ko‘chasida joylashgan “Asia Alliance Bank” yonida paydo bo‘lgan ko‘lmak sabab, avtoulovlar qatnovida tirbandlik yuzaga kelgan.
Xalq tilida Eski bozor nomi bilan mashhur chorraha — Islom Karimov hamda Nasaf ko‘chalari kesishmasida esa avtomobillar harakati uchun xavfli holat yuzaga kelgan.

Foto: Ziyonews

To‘g‘rirog‘i, chorrahadagi svetafor oldi butunlay suv bilan qoplanganligi bois, haydovchilarning yo‘l chetidagi suv bilan to‘lgan “lotok”ka tushib ketish xavfi yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan bir hafta ilgari viloyatdagi mahalliy OAVlarda yoqqan yomg‘ir sabab ayni shu joyda “Lasetti” avtomobilining chuqurga tushib ketgan holati aks etgan suratlar ham tarqalgandi.

Foto: Sobir Narziyev

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.