Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Rashk tufayli erini o‘ldirgan kitoblik kelinchak 9 yilga qamaldi

  Ulashish

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi targ‘ibot bo‘limi boshlig‘i Jo‘shqin Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, 2018 yil 8 mart kuni Kitob tumanida 18 yoshli kelinchak tomonidan sodir etilgan jinoyat ishi 2018 yil 6 sentyabr kuni sudya Fozil Yusupov raisligida ko‘rib chiqilgan.
Sud ishini ko‘rib chiqish davomida aniqlanishicha, voqea 2018 yil 7 mart kunidan 8 martga o‘tar kechasi soat 00:30 da sodir bo‘lgan.
2000 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi M.Nurillaeva sudda marhum turmush o‘rtog‘i 1991 yilda tug‘ilgan M.Qulmurodov uni sevmasligini, ota-onasining qistoviga ko‘ra unga uylanganini ko‘p marotaba takrorlaganini aytgan. Nurillayevaning sudda qo‘shimcha qilishicha, marhum turmush o‘rtog‘i boshqa qizni sevishini ham ko‘p marotaba takrorlagan.
Aniqlanishicha, sudlanuvchi M.Nurillayeva hamda marhum M.Qulmurodovning to‘yi qotillik sodir bo‘lishidan 14 kun ilgari 2018 yil 24 fevral kuni bo‘lib o‘tgan.
Voqea guvohlarining sudda aytishicha, 7 mart kuni oila a’zolari kechki ovqatni birga eyishgach, M.Nurillaeva hamda turmush o‘rtog‘i M.Qulmurodov o‘zlariga tegishli xonaga kirib ketgan.
So‘ngra kechasi soat 00:30 larda M.Nurillayeva baqirib, hammani yordamga chaqirgan. Birinchi bo‘lib xonaga kirgan qaynotasiga o‘g‘li o‘rnidan turmayotganini aytgan.
Sudgacha bo‘lgan tergov jarayonlarida M.Nurillaeva turmush o‘rtog‘ini rashk tufayli o‘zi o‘ldirib qo‘yganini aytgan bo‘lsa, sudda turmush o‘rtog‘i o‘zini o‘zi sim bilan bo‘g‘ib o‘ldirganini bildirgan. Sud esa tergov xulosalari va guvohlarning bergan ko‘rsatmasiga asoslanib, sudlanuvchiga Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismining “v” bandi bilan JKning 85-moddasiga asosan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.
Sudda shuningdek, M.Nurillayevaga 2017 yil dekabr oyida qo‘shnisining telefonini o‘g‘irlagani uchun ham Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan ayb qo‘yilib, eng kam ish haqining 3 baravari 516 720 so‘m miqdorda jarima jazosi ham tayinlangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.