Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qashqadaryoda qurolli bosqinchilarni qurolsizlantirish o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi

  Ulashish

Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida viloyat IIB tashabbusi bilan harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda qurollangan jinoyatchilarni zararsizlantirish va qo‘lga olish, ular tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish buyicha maxsus-taktik amaliyot ko‘rsatib berildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Foto: Viloyat IIB

O‘quv mashg‘ulotida shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning jamoat tartibi va xavfsizligini taminlashdagi mas’uliyatini kuchaytirishga e’tibor qaratildi. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, kutilmagan vaziyatlarda kuch va vositalardan qanday foydalanish kerakligi amaliyotda qo‘llanildi.

Viloyat IIB

Mashg‘ulot paytida xavf-xatarni zamonaviy boshqaruv usullaridan foydalangan holda bartaraf etishda ichki ishlar organlarining yuqori tayyorgarlikka ega ekanligi namoyish qilib berildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.