Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Yo‘lovchi umriga zomin bo‘lgan qoidabuzar haydovchi Yoshlar ittifoqi kafilligida ozod qilindi

  Ulashish

G‘uzor tumanidagi Toshg‘uzor qishlog‘ida yashovchi Hojiakbar Bo‘riyev trasport xavfsizligi qoidalarini buzishi natijasida yo‘lovchining halok bo‘lishiga sababchi bo‘lgandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi binosida o‘tkazilgan ochiq sud majlisida mazkur ish ko‘rib chiqildi. Sud jarayonida jamoat himoyachisi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining G‘uzor tumani kengashi raisi Farid Bozorov tomonidan sudlanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash, kelgusida ushbu fuqaroni kafillikka olish taklifi bildirildi va bu haqda kafolat xati taqdim qilindi.

Sud uning xatti-harakatini o‘zi to‘la anglamagan holda sodir etgani, muqaddam sudlanmagani, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini inobatga olib, unga nisbatan qo‘llanilgan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazoni bekor qildi va sudlanuvchi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi kafilligi ostida sud zalidan ozod etildi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.