Qidirish uchun yozing

Viloyatda o‘tgan yili 9 nafar shaxs kuydirgiga chalingan

Mahalliy

Viloyatda o‘tgan yili 9 nafar shaxs kuydirgiga chalingan

  Ulashish

Qashqadaryoda 2018 yil kuydirgi kasalligi bilan og‘rigan bemorlar soni 9 nafarga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2017 yilda 5 tani tashkil qilardi. Bu haqda viloyat davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi bosh shifokori Sherboy Sherov ma’lum qilmoqda.
“Viloyatda o‘ta yuqumli kasalliklardan biri brutsellyoz kasalligi ham tarqalgan bo‘lib, 2017 yil 134 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilning 11 oyi davomida 97 nafar kishi ushbu kasallik bilan og‘rigan”, — deydi markaz bosh shifokori Sherboy Sherov. – Qrim Kongo gemorragik isitma kasalligi bilan og‘rigan bemorlar soni o‘tgan yili 5 ta bo‘lgan bo‘lsa, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida esa 7 taga yetgan.
Ma’lum bo‘lishicha, quturish kasalligi bilan og‘rigan bemorlar soni o‘tgan 2017 yilda ham joriy yilda ham bir 1 nafar kishida kuzatilgan. 2017 yilda 3141 nafar kishi har xil hayvonlardan jarohat olib murojaat qilgan bo‘lsa, 2018 yilning 11 oyi davomida 2463 ta holatda hayvonlardan asosan itlardan jarohat olish holati kuzatilgan. 2017-2018 yillarda DSENM lar tomonidan jami 5604 nafar kishiga antirabik yordam ko‘rsatilgan.
Aniqlanishicha, viloyatda 2018 yil 3 ta holatda ovqatdan zaharlanish kuzatilgan bo‘lib, 11 nafar kishi jabrlangan bo‘lsa 1 nafar kishi zaharlanish oqibatida vafot etgan. 2017 yilda ovqatdan zaharlanish oqibatida 27 nafar kishi jabrlangan edi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.