Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qashqadaryodagi davlat tashkilotlarida 2177 ta holatda qonun buzilgan

  Ulashish

Qashqadaryoda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 21 iyundagi qarori ijrosi tahlil etilganda, viloyatda ishchi organlar tomonidan 2177 ta holatda qonun hujjatlari talablariga rioya etilmagani aniqlangan. Bu haqda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev ma’lum qilmoqda.
Prezidentning “Fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aktsiyasini o‘tkazish to‘g‘risida” 2018 yil 20 apreldagi Farmoni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari haqida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan bo‘lib, mazkur qaror ijrosi tahlil etilganda viloyatda ishchi organlar tomonidan ko‘plab qonun buzilish holatlari aniqlangan.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev bergan ma’lumotlarga ko‘ra, er resurslari va davlat kadastri bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan xulosa berish muddati buzilishi bilan bog‘liq 1067 ta holat kuzatilgan bo‘lsa, qurilish bo‘limi tomonidan 904 ta holatda qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
“Eng achinarlisi ichki ishlar bo‘limi tomonidan ham 1015 ta holatda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilingan”, — deydi Salohiddin Nuriyev. — Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan 327 ta, DSENM tomonidan 618 ta, davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 1065 ta va yong‘in xavfsizligi bo‘limi tomonidan 49 ta holatda qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilgan.
Aniqlanishicha, ishchi organlar tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirish va tasdiqlash muddati buzilganligi bilan bog‘liq 486 ta hamda rad etish xulosalarini rasmiylashtirish va yuborish bilan bog‘liq 366 ta holatda xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining ma’lum qilishicha, mazkur qonunbuzilishi holatlari yuzasidan adliya organlari tomonidan tegishli ta’sir choralari kiritilgan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.