Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Qashqadaryoda 2019 yil 753 ta arzon uy-joy quriladi

  Ulashish

2019 yil Qashqadaryo viloyatida aholining ehtiyojmand qatlami uchun 753 ta arzon uy-joy quriladi, 2028 ta uy-joy esa ta’mirlanadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov ma’lum qilmoqda.
Bekzod Mamtqulovga ko‘ra, prezident Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 13-14 dekabr kunlari viloyatga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan yig‘ilish bayoni imzolangan. Belgilanishicha, Bosh prokuratura, Hisob palatasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasiga viloyat hokimligi bilan birgalikda viloyatning barcha shahar va tumanlari 4 ta sektor rahbarlarining faoliyatini o‘rganish, kamchiliklarni aniqlab, 2019 yilda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha «yo‘l xaritalari»ni tuzishga ko‘maklashish topshirig‘i berilgan.
“Shunga asosan tuzilgan ishchi guruh tomonidan sektorlar faoliyati tahlil qilindi”, — deydi Bekzod Mamatqulov. — Shtablar ishi o‘rganilib, mavjud kamchiliklar, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar berildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2019 yilgi «yo‘l xaritalari»da viloyatda 1128 ta tadbir amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ular uchun jami 4 trillion 611 milliard 361 million so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, rejaga ko‘ra tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 45 ta bo‘sh bino va 7797 gektar yer maydoni ajratish, 184 ta loyihani ishga tushirish uchun 205 million AQSh dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni jalb etish, faoliyat ko‘rsatmayotgan 337 ta korxonani sog‘lomlashtirish, bu orqali 23 ming 278 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilangan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.