Qidirish uchun yozing

Mahalliy

2019 yil viloyatda 134 ta bog‘cha va 24 maktab quriladi

  Ulashish

2019 yil Qashqadaryoda 134 ta bog‘cha, 24 maktab va 4 ta shifoxona quriladi. 101 bog‘cha, 96 maktab va 54 shifoxona kapital ta’mirlanadi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov ma’lum qilmoqda.
“Prezidentimizning 2018 yil 13-14 dekabr kunlari viloyatimizga tashrifi davomida bergan topshiriqlari ijrosi ta’minlash maqsadida kelayotgan 2019 yilda 98 kilometr yo‘l qurish, 1 ming 200 kilometr ichki yo‘llarni ta’mirlash rejalashtirilgan”, — deydi Bekzod Mamatqulov.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil viloyatda 1128 ta tadbir amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ular uchun jami 4 trillion 611 milliard 361 million so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan.
“Shuningdek, rejaga ko‘ra viloyatda 339 kilometr ichimlik suvi tarmoqlarini qurish, 495 kilometrini esa ta’mirlash belgilangan”, — deydi viloyat prokuraturasi iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i Bahodir Erkaev. — Uzoq yillardan beri aholini qiynab kelayotgan muammo 121,9 kilometr kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, 161 kilometrini esa ta’mirlash reja qilingan.
Bahodir Erkaevning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yil hudularga 162 ta yangi transformator o‘rnatish va mavjud 342 tasini yangilash belgilangan. Gaz quvurlarining esa 104 kilometri ta’mirlanib, 98 ming 960 ta gaz ballonlari yetkazib berish mo‘ljal qilingan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.