Qidirish uchun yozing

Mahalliy

157 nafar kollej qizlarining fotiha to‘yi nega to‘xtatildi?

  Ulashish

Viloyatda tashkil etilgan “Ahil oila sari qadam” tumanlararo aktsiya tadbirlarida 157 nafar kollej o‘quvchi qizlarining fotiha to‘yi to‘xtatilib, erta nikohning oldi olindi. Bu haqda «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi direktori Ramiz Zohirov ma’lum qilmoqda.

Bugungi kunda viloyatimizda 750 ming 350 dan ortiq oila bor, — deydi «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat boshqarmasi direktori Ramiz Zohirov. — Avval oila huquqi buzilganda, birinchi navbatda mahallaga, xotin-qizlar qo‘mitasiga yoki fuqarolik sudiga murojaat qilinardi. Bugun esa yana bir tashkilot — markazimizga murojaat qilish imkoniyati yaratildi. Shu kunga qadar 2 ta shahar va 13 ta tuman bo‘limlarimiz tomonidan 2 mingga yaqin jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati qabul qilinib, ko‘plab muammolarga ijobiy yechim topildi.
«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi mutasaddisining ma’lum qilishicha, viloyatda «Bo‘lg‘usi kelin-kuyovlar innovatsion maktabi» tashkil etilib, maktabda oila qurish arafasida turgan yoshlarga oilaviy munosabatlarning huquqiy-ijtimoiy, psixologik, ma’naviy-axloqiy asoslari, oilada erkak va ayolning vazifalari, oila byudjetini yuritish, reproduktiv salomatlik borasida zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida bilim va ko‘nikmalar berilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamkor tashkilotlar bilan birga «Ahil oila sari qadam» tumanlararo aktsiyasini tashkil etib, tadbir davomida 271ta oilani asrab qolishga erishgan.
Shuningdek, shahar va tumanlarda «Biz oilaviy ajrimlarga qarshimiz» mavzusida «Eng yaxshi qaynona-kelin» va «Ibratli qaynota» ko‘rik tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, boshqarma tomonidan viloyatda oilaviy ajrim yoqasiga kelib qolgan 4 015 ta oila ro‘yxati shakllantirilib, ajrimga yo‘l qo‘ymaslik choralari ko‘rilmoqda. Shu kungacha, 3378 ta oila murosaga kelgan, buning natijasida 6756 nafar bola yarim yetim bo‘lib qolishi oldi olingan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.