Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Yakkabog’dagi Xalq saylida osh damlanib kam ta’minlangan oilalarga tarqatildi

  Ulashish

Dehqonlar ishiga baraka tilash niyatida Yakkabog‘ hududidagi Guldara qishlog‘ida xalq sayli tashkil etildi.

Foto: Murod Komilov

Bu hudud tog‘lar bilan qurshalgan go‘zal va bahavo go‘sha. Kishiga o‘zgacha orom va xushkayfiyat bag‘ishlaydi.

Foto: Murod Komilov


An’ana va urf-odatlar qayta tiklanib, Guldara qishlog‘i yana xalqni o’z bag’riga chorladi.

Foto: Murod Komilov

Sayilda viloyat hokimi Zafar Ro‘ziev ham ishtirok etdi.

Foto: Murod Komilov


Doshqozonlarda osh damlanib, kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga tarqatildi.

Foto: Murod Komilov


Sayilda ko‘pkari milliy o‘yini xalq ko‘ngliga o‘zgacha surur baxsh etdi. Arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkasi ham tashkil etildi.
Ishtirokchilar bir piyola choy ustida dildan suhbat qurdi. Sayilda viloyatning taniqli san’atkorlari, xushovoz xonandalar tomonidan ijro etilgan dilrabo kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar shodligiga shodlik qo‘shdi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.