Qidirish uchun yozing

Viloyatdagi mavjud 15 ta Xalq qabulxonasiga ham xizmat avtomobillari topshirildi

Kerakli Mahalliy

Viloyatdagi mavjud 15 ta Xalq qabulxonasiga ham xizmat avtomobillari topshirildi

  Ulashish


8 fevral kuni Qashqadaryoning shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga 15 ta “Cobalt” rusumli zamonaviy xizmat avtomobillari berildi. Bu haqda «Ziyonews»ga viloyat hokimligining matbuot xizmati rahbari Bekzod Mamatqulov xabar bermoqda.

Foto: Murod Komilov


Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, xizmat avtomobillarini Prezident nomidan viloyat hokimi Zafar Ro‘ziev, viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Abduhalim Xolmahmatov, viloyat prokurori Botir Yusupov va ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Tursunbaevlar topshirishgan.
Tadbir davomida Prezidentning joriy yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019 yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni odatdagi tartibga qo‘shimcha tarzda uyma-uy yurish orqali aniqlashi va hal etishi belgilangani, soha xodimlari uchun yaratilayotgan sharoitlar faoliyat samaradorligini yanada oshirishi, ayniqsa, chekka qishloqlarga borish va u erda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz muammolarini hal etish imkoniyatini kengaytirishi qayd etildi.


Foto: Murod Komilov

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.