Qidirish uchun yozing

Dolzarb Kerakli

Viloyat IIB “reydi”da o‘g‘irlangan mollar yashirilgan joy ma’lum bo‘ldi

  Ulashish


9 fevral kuni Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor “reyd” tadbirlarida viloyatning bir nechta tuman va shaharlaridan yo‘qolgan qora mollar va mayda shohli mollar topilgan.

Foto: Viloyat IIB


IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir paytida “Otchopar” mahallasida yashovchi muqaddam sudlangan Sh.B. xonadoni ko‘zdan kechirilganda molxonasidan 20 boshga yaqin qora mol va 50 boshga yaqin mayda shohli mollar topilgan.
“Eng qizig‘i fuqaro xonadonidan topilgan qora mollar va mayda shohli mollar bundan ilgari yo‘qolgan bo‘lib, qaysidir tuman yoki shaharda yashovchi fuqarolarning moli bo‘lib chiqmoqda, — deyiladi viloyat IIB matubot xizmati xabarida.
IIB xabariga ko‘ra, bu kabi o‘g‘irlangan mollar saqlanayotgan qo‘raxonalar bir nechtani tashkil etishi mumkin. Shuni aniqlash maqsadida hozirda holat yuzasidan tergov-surishtiruv jarayonlari boshlab yuborilgan.

Foto: Viloyat IIB

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.