Qidirish uchun yozing

Muhim

Toshkentda maktab direktori oylikni naqd pulda berish evaziga obunaga majburlagan

  Ulashish

​Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 10-maktab direktori Shavkatjon Rizaev har bir pedagog xodimga joriy yilning yanvar oyi ish haqini naqd pul ko‘rinishida olishlarini aytib, ularni obunaga majburlagan. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qilyapti.

Xalq ta’limi vazirligi ushbu holatni o‘rgangan. Mazkur jarayonda direktor bu harakatlari bilan o‘z lavozim majburiyatlarini takroriy ravishda buzgani aytiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilning 28-29 dekabr kunlari vazirning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur maktabning ayrim o‘qituvchilari lavozim vazifalariga zid bo‘lgan aholini ro‘yxatga olish ishlariga jalb etilganliklarini aniqlab, o‘z lavozim majburiyatlariga mas’uliyatsizlik bilan yondashgan edi. Shuning uchun mazkur maktab direktoriga Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-qismiga asosan tegishli chora ko‘rilgandi.

Lekin maktab rahbari o‘ziga berilgan intizomiy jazodan tegishli xulosa chiqarmay, takroran 2019 yil uchun 8 turdagi jurnallar obunasiga o‘qituvchilardan pul yig‘ishni tashkillashtirgan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Toshkent viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘iga asosan direktor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Telegrammdagi Zed News Yangiliklar kanalining qo’shimcha qilishicha majburiy obuna bo‘yicha jazoga tortilish holati birinchisi emas. Bekobod tumani (bu ham Toshkent viloyati) xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i Hasan Soibnazarov davriy nashrlarga majburiy obuna to‘g‘risida bergan ko‘rsatmasi uchun ishdan ketgandi. Keyinchalik yana ishga qaytib, hech nima bo‘lmagandek faoliyatini davom ettirib ham yurgandi. Toki «Xabar.uz» surishtiruv qilmaguncha deb yozadi Zed News

Prezident qarori bilan tasdiqlangan dasturga ko‘ra, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) 2019 yil 1 maygacha davriy nashrlarning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqishi kerak.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.