Qidirish uchun yozing

Mahalliy

Chiroqchida qariyb 10 milliard mablag‘ga qayta ta’mirlangan yuqumli kasalliklar va Ko‘kdala hududiy shifoxonasi foydalanishga topshirildi

  Ulashish


Chiroqchi tumanida 9 milliard 851 million so‘m evaziga qayta ta’mirlangan tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasi va Ko‘kdala hududiy shifoxonasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori To‘lqin Ashurov ma’lum qilmoqda.

Foto: Ziyonews


“Prezidentimizning tibbiyotga qaratayotgan e’tiborlari natijasida tuman tibbiyot birlashmasida katta o‘zgarishlar amalga oshirildi”,- deydi bosh shifokor To‘lqin Ashurov. – Eng quvonarlisi chekka hudud Ko‘kdaladagi shifoxonaga qarashli poliklinika binosi ham 510 million mablag‘ evaziga kapital ta’mirlanib, aholi xizmatiga shay qilib qo‘yildi.
Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy byudjet hisobidan ajratilgan 270 million mablag‘ evaziga, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli eski terapiya bo‘limida ham ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan. Qayta ta’mirlash ishlari natijasida tez yordam, OITS laboratoriyasi hamda sil kasalliklar dispanseri uchun qulay shart-sharoit yaratiladi.
Bosh shifokor bergan ma’lumotlarga ko‘ra, tumanning 60 ming aholi istiqomat qiluvchi Chiyal qishlog‘ida 1954 yil qurilgan va ayni kunda avariya holatiga kelib qolgan shifoxonada ta’mirlash ishlari ham boshlangan bo‘lib, 2 milliard 825 million mablag‘ evaziga Chiyalda yaqin kunlarda 10 o‘rinli bolalar, 10 o‘rinli tug‘ruq, 10 o‘rinli terapiya bo‘limlari va tez tibbiy yordam shaxobchalari bo‘lgan 30 o‘rinli yangi shifoxona ish boshlaydi.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.