Qidirish uchun yozing

Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shaxobchasi operatori qariyb 35 millionlik dizel yoqilg‘isini sotib yubordi

Voqea

Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shaxobchasi operatori qariyb 35 millionlik dizel yoqilg‘isini sotib yubordi

  Ulashish


“Qarshi neft baza” MChJ Koson filiali “Gulbog‘” fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shaxobchasi operatori qariyb 35 millionlik dizel yoqilg‘isini talon-taroj qilishi oqibatida fermer xo‘jaliklarida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar kechikdi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Koson tumani bo‘limi boshlig‘i Kamol Qurbonov ma’lum qilmoqda.
Shahobcha operatori Ismatilla Jumaev 7445 litr dizel yoqilg‘isini rastarata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilgan. Natijada hududdagi fermer xo‘jaliklarida o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilmay qolgan.
Prezidentning 2018 yil 28 fevraldagi “Paxta xom ashyosi va boshoqli don etishtirishni moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida bozor mahsulotlarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga zid harakat qilgan shahobcha operatori litri 4600 so‘mdan bo‘lgan dizel yoqilg‘isini talon-taroj qilish orqali 34 million 247 ming so‘mlik zarar keltirgan.
Inspektsiya xodimlari tomonidan aniqlangan holat bo‘yicha I. Jumaevga nisbatan Jinoyat kodeksining “O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish” moddasining 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun tuman prokuraturasiga yuborilgan.
Hozirda ish yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.