Qidirish uchun yozing

Rasman! TDYU uchun test sinovlaridagi fanlar taqsimoti o‘zgardi

Muhim

Rasman! TDYU uchun test sinovlaridagi fanlar taqsimoti o‘zgardi

  Ulashish

TDYU ma’muriyati ham ushbu o‘zgarishni tasdiqladi, deb xabar bermoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Davlat qabul komissiyasining 2019-yil 31-yanvardagi 15-son majlis bayoniga binoan, 2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat yuridik universitetining «Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun test bo‘yicha muvofiq keluvchi fanlar majmuasi quyidagicha belgilandi:

Ona tili va adabiyoti fani bo‘yicha — 3,1 ball;

Chet tili fani bo‘yicha  — 2,1 ball;

Tarix fani bo‘yicha — 1,1 ball.

TDYU ma’muriyati ham ushbu o‘zgarishni tasdiqlagan. Ularning ta’kidlashicha, talabalarda yurist kadrlar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash hamda ulardan foydalanish, huquq normalarini sharhlash va qo‘llash kabi bilim hamda ko‘nikmalarni shakllantirish uchun til bilish qobiliyati, shu jumladan xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirish zarur. Shu sababli fanlar taqsimoti o‘zgargan.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.