Qidirish uchun yozing

Farg‘onada bank bo‘limida 100 ming dollar yo‘qoldi

Muhim

Farg‘onada bank bo‘limida 100 ming dollar yo‘qoldi

  Ulashish

5-fevral kuni Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidagi Xalq banki bo‘limida saqlanayotgan 100 ming dollarning (838 mln so‘m) yo‘qolgani aniqlangan, deb xabar qildi «Gazeta.uz».

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, seshanba kuni taxminan 23:40 da tuman ichki ishlar bo‘limi navbatchilik qismiga bank boshqaruvchisi tomonidan berilgan arizada shu kuni soat 20-00larda g‘aznani yopish vaqtida mablag‘ning yo‘qligi aniqlangani ma’lum qilinadi.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi va ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlaridan iborat tarkibda tezkor-tergov guruhi tuzilib, xolislar va tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda voqea joyi ko‘zdan kechirilgan.

Mazkur holat yuzasidan 5-fevral kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan (o‘g‘irlik: juda ko‘p miqdorda) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fikr bildiring

Sizning elektron pochtangiz ko`rsatilmaydi.